Roberto Manchini: Har qanday murabbiy “PSJ”ni boshqarishni istaydi

“Zenit” bosh murabbiyi “PSJ” klubini boshqarishni istashini ma'lum qildi.

“Har qanday murabbiy “PSJ”ni boshqarishni xohlaydi. Jamoada fantastik futbolchilar bor. Ammo men ular bilan hech qanday muzokara olib borganim yo'q, ularda ajoyib murabbiy bor. Menimcha, “PSJ”da Chempionlar ligasini yutib olish uchun yaxshi imkoniyat bor, axir ular Neymar va Mbappeni sotib oldi”, - deydi Manchini.


Manba: L’Equipe