Roberto Manchini APLdan 5 futbolchini ijaraga olmoqchi
Narzulla Saydullayev
15 noya 2014, 10:00
Inter bosh murabbiyi Roberto Manchini yanvar oyida APLdan bir qator futbolchilarni ijaraga olib klubni kuchaytirmoqchi, deb xabar bermoqda Football Italia nashri.
Manchini qiziqishlari doirasiga quyidagi futbolchilar kirib qolgan: himoyachilar Matiya Nastasich (Manchester Siti) va Vlad Kirikesh (Tottenxem); yarim himoyachilar Muhammad Saloh (Chelsi) va Xoel Kempbell (Arsenal); hujumchi Fabio Borini (Liverpul).