
"Krishtianuning jamoa uchun qanchalik muhim ekanini so'z bilan ifodalab bo'lmaydi. Ronaldu - jamoa yetakchisi. U maydonda o'zini qulay his qilishi uchun barcha ishni qilishi kerak. Huddi shu fikrni Messiga nisbatan ham bildirish mumkin. Biroq ular butunlay boshqacha futbolchilar. Messiga Xavi, Inesta va Neymar kabi futbolchilar yordam berishadi. Ronaldu esa jamoani olg'a boshlashi, o'z ortidan ergashtirishi kerak. "Real"da ham Ronalduga to'pni etkazib berish uchun qattiq mehnat qiladigan futbolchilar etarli. Hujumlarni esa yana o'sha Ronaldu yakunlaydi", dedi Karlos.