

"Ispaniya buyuk davlat. U yerda Mayorkada uyim bor. Shu sababli Ispaniyani nafaqat dam olish uchun yaxshi joy deb hisoblayman", - dedi polshalik hujumchi.
Oldinroq Robert yozda "Bavariya"dan ketishini rasman tasdiqlagandi. Uning myunxenliklar bilan kelishuvi 2023 yil yoziga qadar davom etadi.
So'nggi ma'lumotlarga qaraganda u kelasi mavsumda "Barselona"da o'ynashi aniq bo'lib ulgurgan. O'tgan mavsumda Levandovski "Bavariya" tarkibida barcha turnirlarda 50 o'yinda qatnashib, 46 gol urdi.



