Rivaldo Koutino uchun kurashda qaysi klub favorit ekanligini aytdi

Sherzod Nurmatov
14 may 2020, 23:29
Braziliyalik sobiq yarim himoyachi Rivaldo "Barselona"ga tegishli bo'lgan, "Bavariya"da ijarada o'ynayotgan Filippe Koutinoning kelajagi haqida to'xtaldi.

"Chelsi" – Koutino uchun kurashda favorit. Filippening yaqinda olgan jarohati ularni qo'rqitishiga ishonmayman. Keyingi mavsumgacha hali uzoq vaqt bor, u to'liq tiklanishi uchun etarli vaqtga ega bo'ladi.

Boshqa tomondan, agar transfer amalga oshmasa, Filippe "Barselona"da qoladi. Ehtimol, agar Koutino maoshi qisqarishiga rozi bo'lsa, rahbariyat unga boshqa imkoniyatlar uchun yo'l ochib beradi.

Ha, ko'plab klublar koronavirus pandemiyasi davridagi inqiroz tufayli futbolchilarining maoshlarini qisqartirishmoqda, lekin agar o'yinchining o'zi tashabbus bilan chiqsa, bu uning jamoada qolishga bo'lgan munosabati va qiziqishini namoyon etadi. Keyingi mavsum oldidan ko'p narsa sodir bo'lishi mumkin, biz faqat kutishimiz mumkin, xolos", - deydi Rivaldo.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal