Rivaldo: "Agarda Neymar "Real"ga o'tsa, uni sotqin deb atamayman"

Mirjalol Normatov
14 avg 2019
"Barselona"ning sobiq futbolchisi Rivaldo PSJ forvardi Neymarning "Real"ga o'tishi mumkinligi borasidagi mish-mishlarga izohini berdi.

"Agarda Neymar "Real"ga o'tadigan bo'lsa, uni sotqin deb atamayman. U "Barselona"dan keyin "Real"ga o'tmadi axir. Umuman olganda PSJ uni "Barselona"ga sotmaydi. Agarda "Real" yaxshi taklif bilan chiqadigan bo'lsa, Neymar aynan Madridga ko'chib o'tadi. Parijliklarga esa faqatgina pul kerak", - dedi Rivaldo.

Oldinroq "Barselona" va "Real" Neymar borasida PSJga taklif yuborgani borasida ma'lumotlar berilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca