

"Van Gal qo'l ostidagi "Manchester Yunayted" orqaga qarab ketyapti. Futbolchilar o'z joyini yo'qotmaslik uchun tavakkal va yetakchilik qilishdan qo'rqishyapti. Bu esa o'yinga o'z ta’sirini o'tkazmoqda. Har bir futbolchi o'zini maydonda ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lishi lozim.
Rahbariyat transfer uchun katta mablag' sarflagan murabbiydan ayrilmoqchi emas, ammo vaziyat juda og'ir, chunki jamoa mavsumni kuchli to'rtlikda yakunlamasa klubni na Anchelotti va na Gvardiola boshqarishni istaydi. Shu bilan birga, futbolchilar ham bu klubga o'tishni istamay qoladi" - deydi Ferdinand.



