Riberining fikricha, Ronaldu 2013 yilda olgan "Oltin to'p" - adolatsizlik

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2018, 16:26
"Bavariya" yarim himoyachisi Frank Riberining fikricha, 2013 yilda u "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'rniga "Oltin to'p"ni olishi kerak bo'lgan.

"Xuddi "Oltin to'pim"ni o'g'irlab ketishgandek bo'lgan. Aqlga sig'maydi. O'sha yil yutish mumkin bo'lgan barcha sovrinlarni qo'lga kiritganman. Adolatsizlik bo'lgan. Fransiya meni qo'llab-quvvatlamagan. Mamlakatimiz Ronalduni qanday qo'llaganini o'z ko'zlarim bilan ko'rganman. Portugaliyaliklar Riberi yoki Messiga omad tilaganmi? Albatta yo'q" - deydi Riberi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Canal Football Club