Riberi: "Bu sharafli g'alaba bo'ldi"

Tolibjon Qosimov
6 dek 2017, 19:36
"Bavariya" yarim himoyachisi Frank Riberi YCHL 6-turi doirasida PSJ ustidan qozonilgan g'alaba (3:1)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ikki oydan so'ng yana asosiy tarkibda maydonga tushganimdan xursandman. Jamoa yaxshi o'ynadi. Bu biz uchun ham, muxlislar uchun ham muhim va yoqimli g'alaba. Qachonki uyda o'ynayotganingda faqat yutishni istaysan. Bu sharafli g'alaba bo'ldi", - deya Riberining so'zlarini keltirdi "Bavariya" rasmiy sayti.

Bu sharafli g'alaba bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, YCHL 1-turi doirasida ana shu jamoalarning Parijda o'tgan bellashuvida PSJ 3:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcbayern.com