RFI "Rostov"ni "Rossiya" so'zida bitta S kam bo'lgan medal bilan taqdirladi

Aslanov Jasurbek
25 iyul 2016, 16:22
Rossiya futbol ittifoqi "Rostov"ni "Rossiya" so'zi xato yozilgan medallar bilan taqdirladi.

"Rostov" 40 ta medalga qo'shimcha qilib, yana 30 ta sovrin buyurtma qildi, ammo ular klubga etkazib berilganida, medallardagi yozuvda xato borligi aniqlandi.


"RFIda medallarning qo'shimcha partiyasiga buyurtma berish taklif qilindi, biz rozi bo'ldik, ammo ularni xato bilan tayyorlashgan ekan. "Chempionat Rossii" so'zi o'rniga "Chempionat Rosiii" yozilgan edi. Biz bu medallarga sovrinlar bilan shug'ullanadigan RFI hodimi orqali buyurtma berganmiz" - deyiladi "Layf" nashriga berilgan intervyuda.

Taqdirlashdagi xato tufayli, klub hodimlarining biri suvenir sifatida buyurtirgan maxsus medallardan foydalanildi. Qo'shimcha 30 ta medal klub byudjeti hisobidan to'landi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com