RFI bosh kotibi: "Ko'pchilik Rossiyaning qaytishiga rozi"

Aslanov Jasurbek
21 dek 2024
Rossiya futbol ittifoqi bosh kotibi Maksim Mitrofanovning aytishicha, ko'plab mamlakatlar Rossiyaning xalqaro futbolga qaytishini qo'llab-quvvatlamoqda.

- Bir oy oldin 60-70% mamlakatlar Rossiyaning qaytishini qo'llayotgani haqida aytgandingiz, vaziyat o'zgardimi?

- Bolgariyada bo'ldim, hamma Rossiyaning qaytishini kutmoqda.

- Hamma? Kimlar?

- Bolgariyada biz muloqot qilgan hamma. U yerda 55ta assotsiatsiya yo'q edi, ammo Germaniya, Serbiya, Chernogoriya va boshqa mamalakatlar bor edi.

- Germaniya Rossiyaning qaytishini xohlayapti demoqchimisiz?

- Ha.

- Yevropadan yana kimlar qaytishimizga qarshi emas?

- Norvegiya, Shvetsiya - ular UEFAning bazi boshqa savollar bo'yicha qo'lloviga muhtoj, ammo biznin qaytishimizga qarshi emas.

- Demak, bir nechta mamlakat qaytishimizni xohlamaydi?

- Bir nechta emas, 30% mamlakatlar.

- Kimlar qarshi?

- Masalan, Daniya - dedi RFI bosh kotibi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: «РБ Спорт»