Reshfordga PSJ qiziqmoqda. MYU forvardida o'tgan yozdayoq parijliklar bilan kelishuv bo'lgan

Alisher
14 apr 2022, 18:55
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford Fransiyaga yo'l olishi mumkin.

24 yoshli forvardga PSJ qiziqmoqda, francuzlar uning xaridini bir yil oldin ham o'rganishgan edi.

MYU o'tgan yozda parijliklar forvardi Kilian Mbappe bo'yicha transfer taklifi berishga tayyor edi, ammo o'yinchi "Real"ni tanladi.

PSJ o'z navbatida Mbappe ketishi mumkinligi sabab Reshford bilan kelishib olgan edi.

Angliyalik futbolchi MYUda joriy mavsum asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabriceHawkins