

Shu tariqa, reytingda yetakchi sifatida MYU forvardi Markus Reshford qayd etilgan. U 165,6 mln evroga baholanmoqda. Kuchli uchlikdan Erling Xoland (“Borussiya D”) va Trent Aleksandr-Arnold (“Liverpul”) o'rin oldi.
“Barselona” sardori Lionel Messi (54 mln) 97-o'rinda bo'lsa, “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu (47 mln) 131-pog'onada turibdi.
Kuchli o'nlik esa quyidagicha:
1. Markus Reshford (Angliya, "Manchester Yunayted") - 165,6 million evro
2. Erling Xoland (Norvegiya, "Borussiya" D) - 152
3. Trent Aleksandr-Arnold (Angliya, "Liverpul") - 151,6
4. Brunu Fernandesh (Portugaliya, "Manchester Yunayted") - 151,1
5. Kilian Mbappe (Fransiya, "PSJ") - 149,4
6. Jeydon Sancho (Angliya, "Borussiya" D) - 148,3
7. Joau Feliks (Portugaliya, "Atletiko") - 141,5
8. Alfonso Devis (Kanada, "Bavariya") - 139,2
9. Raxim Sterling (Angliya, "Manchester Siti") - 136,9
10. Kay Xaverc (Germaniya, "Chelsi") - 136

Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!



