Reshford "Bornmut" bilan o'yinni ham o'tkazib yuborishi mumkin

Narzulla Saydullayev
20 may 2023, 09:55
Markus Reshford bugun APL doirasidagi "Bornmut"ga qarshi bahsda ishtirok etmasligi mumkin.

Bu haqda "Manchester Yunayted" ustozi Erik ten Xag ma'lum qildi.

"Reshi butun hafta davomida yaxshi shug'ullandi, ammo bugun [juma] kasal bo'lib qolganini aytdi. Shanba kuni uning holatiga qaraymiz", – dedi ten Xag.

Oldinroq hujumchi oyog'idagi jarohat tufayli "Vulverxempton"ga qarshi bahsni (2:0) o'tkazib yuborgandi.

Reshford bu mavsum APLda 16ta gol bilan MYU to'purari bo'lib turibdi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: skysports.com