"Renn" Umtitining transferiga shubha qilishni boshladi

Alisher
8 iyul 2022
O'yinchining formasi savollar uyg'otmoqda.

"Renn" bosh murabbiyi Bruno Jenezio "Barselona" himoyachisi Samuel Umtitining ehtimoliy transferi sekinlashayotgani haqida gapirdi.

"Umtiti - menga juda ham yoqadigan o'yinchi. Ammo, uning jismoniy holati bo'yicha savollar bor, shu sabab bu klub uchun bitimni sekinlashtirishini tushunaman", - deydi murabbiy.

28 yoshli Umtiti o'tgan mavsum La Liga doirasida 1ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe