"Real"ni kim boshqarishi ma'lum bo'lmoqda

Mirjalol Normatov
13 noya 2018
"Real" rahbariyati Santyago Solariga 2020 yilning yozigacha shartnoma taklif qiladi.

"Marca" xabariga ko'ra, bunday qarorni Florentino Peresning o'zi ilgari surmoqda. U argentinalikning jamoada ishlayotganidan mamnun bo'lmoqda.

Solari bundan ikki haftalar oldin Xulen Lopetegining o'rnini egallagandi. Uning qo'l ostida "Real" barcha turnirlarda 4 o'yinda g'alabaga erishdi. To'plar nisbati 15:2ga teng.

Ayni damda "Real" Ispaniya chempionati turnir jadvalining 6-pog'onasini egallab turibdi.

Oldinroq "Real" Antonio Kontening nomzodidan voz kechgani borasida ma'lumotlar berilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca