"Real" Jazoir, Xitoy va Avstraliyaga tashrif buyuradi

Aslanov Jasurbek
4 mar 2015, 17:18
"Real" mavsum oxirida Jazoirda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Jazoirning yirik aloqa kompaniyasi "Real" bilan hamkorlikni amalga oshirgan. Kelishuv 2013 yilda imzolangan va "Qirollik klubi" 2014 yilning may oyida Jazoirga tashrif buyurishi kerak edi. Ammo "Real" Chempionlar ligasi finalida o'ynagani uchun bu turne qoldirilgan edi. "Qaymoqranglilar" bu safar ham may oyida Jazoirga tashrif buyurishni reja qilishgan.
Eslatib o'tamiz, "Real" keyingi mavsumga tayyorgarlik ko'rish uchun Xitoyda 18 iyul kuni "Roma" bilan, Avstraliyada 24 iyulda esa "Manchester Siti" bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru