"Real" yozda 100 mln. evrolik darvozabon xarid qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2018, 10:59
"Real" rahbariyati yana "Manchester Yunayted" posboni David de Xeaga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" Ispaniya terma jamoasi futbolchisining agentiga yozda muzokaralar o'tkazish haqida ma'lum qilgan. Agar transfer operaciyasi amalga oshsa, de Xea 100 mln. evroga xarid qilinishi mumkin.

De Xea 2011 yil mankunianlar tarkibini to'ldirgan edi. Ingliz grandi u uchun 25 mln. evro to'lagan.

Darvozabon va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi bitim 2019 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Ser