"Real" Xoland uchun bosh maqsad hisoblanadi

Alisher
27 noya 2021, 11:01
"Borussiya" (Dortmund) hujumchisi Erling Xoland yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

Yozda futbolchining shartnomasida uning 75 mln evro evaziga Dortmund jamoasidan ketishi mumkinligi borasidagi band faollashadi. Norvegiya terma jamoasi forvardi uchun bosh variant "Real"ga o'tish hisoblanadi.

Xolandga shuningdek "Manchester Siti", PSJ, "Liverpul" va "Chelsi" qiziqmoqda. Futbolchi o'zining atrofidagi insonlarga hali yakuniy qarorga kelmaganini xabar qildi.

21 yoshli Xoland joriy mavsum "Borussiya" libosida barcha musobaqalarda 10ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 8ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, PSJ hujumchisi Kilian Mbappe ham mavsum so'nggida ispan grandi libosini kiymoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal