"Real" "Vulverxempton"da o'ynayotgan futbolchisini ortga qaytarmoqchi

Alisher
30 dek 2020, 15:42
"Vuverxempton"da ijarada o'ynayotgan "Real" himoyachisi Xesus Valexo qishda Angliyadan ketishi mumkin.

22 yoshli ispaniyalik futbolchi "bo'rilar" safida etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti.

"Real" shu sababdan Valexoni "Vulverxempton"dan qaytarib, boshqa klubga ijaraga berib yubormoqchi.

Valexoning xizmatlariga "Ayntraxt" va "Leganes" klublari qiziqmoqda.

Futbolchi joriy mavsum ingliz jamoasi safida barcha musobaqalarda 7ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS