“Real” Varanni qanchaga sotmoqchiligi ma'lum

Eldor Akmurzayev
11 fev 2021, 21:15
Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, madridliklar himoyachi Rafael Varanni 50 mln evroga sotishni rejalashtirmoqda.

27 yoshli francuzga “Yuventus”, “Chelsi”, MYU va PSJ qiziqmoqda. U joriy mavsum La Ligada 20 bahsda qatnashib, 2 ta gol urdi.

Futbolchi 2011 yil “Lans”dan “Real” safiga kelib qo'shilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil tugaydi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca