"Real" van de Bekka 50 million evro taklif qildi, ammo "Ayaks" 65 mln so'ramoqda

Alisher
28 iyun 2019, 13:51
"Ayaks" yarim himoyachisi Donni van de Bek faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin.

Madrid klubi gollandiyaliklar bilan muzokara olib bormoqda, faqatgina tomonlar yakuniy qaror borasida kelisha olishmayapti.

"Ayaks" van de Bek uchun 65 million evro talab qilmoqda, "Real" esa 50 milliondan ko'p berishga tayyor emas.

Qayd etish kerakki, van de Bekning transferi "Real" uchun yagona variant emas. Chunki hali Pol Pogbaning "Manchester Yunayted"dan xarid qilinishi so'roq ostida turibdi.

Futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 51ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 12ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca