"Real TV": "Barselona" raqiblari har 3,8 ta qo'pollik uchun sariq kartochka olishmoqda

Aslanov Jasurbek
22 sen 2025, 22:13
"Real TV" yana hakamlikni tanqid qilib, qiziqarli ma'lumotni ko'rsatdi.

Madrid klubi kanalida bu mavsum La Ligada "qaymoqranglilar" va ularning raqiblariga sariq kartochkalar ko'rsatilishi statistikasini solishtirdi. Keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, "Real" futbolchilari o'rtacha 6,6 ta fol uchun ogohlantiriladi, raqiblari esa 16 ta fol uchun bir sariq kartochka oladi.


"Real TV" Ispaniya chempionatining boshqa jamoalari o'yinlari bilan holatni solishtirdi: "Barselona" raqiblari har 3,8 ta fol uchun sariq kartochka oladi, "Atletiko"ga qarshi o'ynaydigan futbolchilar 4,2 ta fol uchun. Bu klublar raqiblari eng ko'p jazolanadi, "Real" raqiblari esa eng kam.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca