"Real" Toni Kroos bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda

Alisher
6 noya 2021, 14:17
"Real" yarim himoyachi Toni Kroos bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, "qirollik klubi" futbolchi bilan bitimni 2024 yilning iyun oyi so'nggiga qadar uzaytirish borasida muzokaralarni boshlashga tayyor.

Kroos "Real"da 2014 yilning yozidan beri o'ynaydi.

Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum "qaymoqranglilar" tarkibida 7ta o'yinda maydonga tushdi. O'yinchining amaldagi shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira