"Real" Saudiya Arabistonidan qiziqish bo'layotgan Vinisiusning kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi

Alisher
14 fev 2025, 20:35
"Real" braziliyalik vinger Vinisiusning kelajagi borasida bir qarorga keldi.

Madrid klubi bosslari vinger bilan 2026 yilning yoziga qadar yangi kelishuvni muhokama qilishni rejalashtirishmayapti.

Oldinroq, Vinisiusning yangi shartnoma borasida "Real" bergan taklifni rad etgani ma'lum bo'lgandi. Uni moliyaviy shartlar qoniqtirmagan. Braziliyalikda Saudiya Arabistonidan variantlar bor. Unga Fors ko'rfazidan yiliga 200 mln evro taklif qilishmoqda. Vinisiusning Madrid klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Chiringuito TV