Real Santyago Bernabeu kubogida Reyms bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2016, 07:25
Real klubining o'z uyida bo'ladigan o'rtoqlik uchrashuvidagi raqibi nomi ma'lum bo'ldi.

16 avgustda Madrid Fransiyaning Reyms klubi bilan o'ynaydi.

Santyago Bernabeu kubogi - Realning afsonaviy prezidenti nomiga qo'yilgan o'rtoqlik musobaqasi. U 1979 yildan buyon o'tkazib kelinmoqda. Faqat 2014 yilda bo'lib o'tmagan. O'tgan yil Real unda Galatasaroyni mag'lub etgandi - 2:1.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com