“Real” Ronalduni sotadi, unga narx belgilandi

9 iyun 2018, 07:45
“Real” Ronalduni sotishga tayyor.

Ronalduning “Real” bilan shartnomasiga ko'ra, uning tovon puli 1 mlrd evroni tashkil etadi. Biroq “Qirollik klubi” 33 yoshli portugaliyalik hujumchini 200 mln evrodan kam bo'lmagan mablag' evaziga sotib yuborishga tayyor ekanligini ma'lum qilgan.

Xorij OAVlarida Ronalduga PSJ, “Manchester Yunayted”, “Bavariya”, “Yuventus”ning qiziqayotganligi haqida xabarlar aylanmoqda. Ammo futbolchi borasida birorta rasmiy taklif klubga kelib tushganicha yo'q.

Krishtianuning “Real” bilan shartnomasi 2021 yil 30 iyunda yakuniga etadi. Yakunlagan mavsumda futbolchi “Real” safida 44 o'yinda maydonga tushib, 44 ta gol urib, 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: El Mundo