

The Sunday Times'ning ma'lum qilishicha, qirollik klubi Pogba uchun Garet Beylni berishga tayyor. Agar bu ham qizil iblislarni qanoatlantirmasa, u holda Real jamoa posboni Keylor Navas hamda Bavariyadagi ijarasi yakuniga etayotgan Xames Rodrigesni ham kelishuvga qo'shmoqchi.
Avvalroq, madridliklar 26 yoshli fransiyalik futbolchi uchun 150 million funt to'lashga tayyorligi aytilgandi.



