"Real" Neapolga boradigan 22 futbolchi nomini e'lon qildi
Aslanov Jasurbek
6 mar 2017, 17:43
Madridning "Real" klubi rasmiy sayti "Neapol"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvida qatnashish uchun Italiyaga yo'l oladigan 22 futbolchi nomini e'lon qildi.
Tarkibga jarohatidan qutilgan futbolchilar - Alvaro Morata, Krishtianu Ronaldu va Garet Beyl kiritilgan.