"Real" MYU hujumchisiga jiddiy qiziqish bildirmoqda

Mirjalol Normatov
19 okt 2018, 19:08
"Real" "Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukakuning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi "Football Espana".

Belgiyalik hujumchi hozirda rahbariyatning ishonchini oqlay olmayotgan Karim Benzemaning o'rniga nomzod ko'rilmoqda. Bu mavsumda Lukaku "Yunayted" tarkibida 11 o'yinda qatnashdi va 4 gol urdi.

Oldinroq "Real" Eden Azarni ham sotib olish uchun harakat qilayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana