"Real" muxlislari jamoaning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisini tanlab oldi

Mirjalol Normatov
5 sen 2025, 22:36
Kilian Mbappe muxlislar talqiniga ko'ra, "Real"ning o'tgan oydagi eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

Fransiyalik forvard ovoz berish yo'li orqali tanlab olindi. 26 yoshli hujumchi bu jarayonda Din Xeysen, Arda Gyuler, Orelen Tchuameni va Vinisius Juniorni ortda qoldirdi.

Avgust oyida "Real" LaLiganing uch o'yini barchasida g'alaba qayd etdi. Mbappe esa 3 bahsda 3 gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Fútbol Mahou