"Real" muxlislar uchun ajoyib tadbir o'tkazdi + FOTO

Tolibjon Qosimov
29 iyul 2017, 21:57
Ertaga tongda "Barselona" va "Real" jamoalari o'zaro bellashadilar.

"International Champions Cup" doirasida o'tkaziladigan ana shu uchrashuv oldidan bugun madridliklar muxlislar uchun ajoyib, o'ziga hos tadbir o'tkazishdi. Yani, o'yin o'tkaziladigan Mayamidagi " Hard Rock Stadium"da "qirollik klubi" futbolchilari stol atrofida o'tirishdi. Muxlislar esa uzun navbatga turgan holda, har bir o'yinchining oldiga borib futbolkasiga imzo qo'ydirib olish imkoniga ega bo'ldi. Shuning bilan birga muxlislar o'sha holatning o'zida suratga ham tushishga ulgurib qolishdi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/realmadriden