"Real" "Monako" futbolchisini xarid qilishi mumkin

Alisher
4 may 2020, 12:44
"Monako" yarim himoyachisi Orelen Tchuameni La Liga klublari qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

"Real" yaqin transferlar oynasida 20 yoshli xavbekni xarid qilmoqchi.

Xabarlarga ko'ra, madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Renn" o'yinchisi Eduardo Kamavinga bilan shartnoma imzolanilmagan taqdirda, Tchuameni bilan bitim tuzadi.

"Monako" Tchuamenini "Bordo"dan o'tgan qishda 18 million evro evaziga xarid qilgan edi, ammo "Real" o'yinchi uchun 15 million evro to'lashga tayyor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport