“Real Madrid” nima sababdan Keyndan voz kechgani ma'lum

Alisher
19 iyun 2023
“Tottenxem” hujumchisi Xarri Keyn yozgi transfer oynasida “Real”ga o'tmaydi.

Relevo xabariga ko'ra, Madrid klubi prezidenti Florentino Peres “Tottenxem” rahbari Daniel Levi bilan qayta muzokara o'tkazmoqchi emas. Shu sababli “Real” Keyn uchun kurashni tark etishga qaror qilgan. Ispaniyalik funkcioner 29 yoshli angliyalikni sotib olish uchun 100 million evrodan ortiq sarflash mantiqsizlik deb hisoblaydi. 

Eslatib o'tamiz, Madridning “Real” klubi “Espanol” hujumchisi Xoseluni ijaraga oldi.


AlisherMuallif
Manba: championat.com