"Real" "Liverpul" sport direktorini o'ziga jalb qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
18 okt 2021, 01:15
"Liverpul" sport direktori Maykl Edvards Ispaniyaga yo'l olishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, "Real Madrid" uni taklif qilish imkoniyatlarini o'rganmoqda. "Qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres uning nomzodi bilan shaxsan qiziqmoqda. U Edvardsdan klubga yangi futbolchilarni topishga yordam berishini kutadi va "Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga o'rinbosar topishiga ishonadi.

Edvards "Liverpul"da 2011 yildan buyon ishlaydi, u erga Londonning "Tottenxem" klubidan kelib qo'shilgan. Maykl Muhammad Saloh va Virjil van Deyk bilan shartnomalar tuzishda muhim rol o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun