"Real" ketma-ket 10ta o'yindan beri yutqazmayapti

Alisher
20 sen 2021, 11:58
"Real" Ispaniya chempionati 5-tur doirasidagi "Valensiya" (2:1)ga qarshi o'yinda irodali g'alabaga erishdi.

Madrid klubining mag'lubiyatsiz seriyasi 10ta o'yingacha etdi.

Ispan jamoasi murabbiy Zinedin Zidan bilan o'tgan mavsumning so'nggida ketma-ket to'rtta o'yinda mag'lub bo'lmagan edi, hozirgi Karlo Anchelotti bilan - oltita o'yin.

"Real" keyingi o'yinini 22 sentyabr kuni "Malorka"ga qarshi o'tkazadi.





O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia