"Real" kelasi hafta Modrich bilan shartnoma uzaytirilishini e'lon qiladi

Aziz Tukhtamuradov
24 iyun 2023, 08:32
"Real" Luka Modrich bilan yangi shartnoma imzolaydi.

Madridliklar dushanba yoki seshanba kuni 37 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qilishlari kutilmoqda. 

Katta ehtimol, yangi shartnoma bir mavsumga imzolanadi. 

Luka Modrich o'tgan mavsumda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifiga aylangandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Cope