
Hozirgina nihoyasiga etgan uchrashuvda "Borussiya D" jamoasi "Real"ni mag'lub etdi va ushbu mavsumda Madrid klubi ustidan g'alaba qozongan ilk jamoa bo'ldi. "Real" ustidan YCHLda so'nggi bor g'alaba qilgan jamoa ham aynan Yurgen Klopp shogirdlari bo'lishadi. O'tgan yilgi mavsumda "Borussiya D" "Real"ni yarim final ostonasidan ortga qaytargandi. Bu yil esa yarim finalga "Real" jamoasi yo'llanma oldi.