“Real” ijaradagi futbolchisini ortga qaytarmoqchi

31 dek 2020, 01:53
“Real” klubi rahbariyati himoyachi Xesus Valexoni ijara muddati tugamasidan turib, klubga qaytarmoqchi.

Bu 22 yoshli futbolchining “Vulverxempton” tarkibida o'yin amaliyotiga ega bo'lmaganligi bilan izohlanmoqda.

“Real” ushbu masala bo'yicha – futbolchining ijara muddatini bekor qilish borasida ingliz klubi bilan aloqaga chiqqan.

So'nggi ikki oyda Valexo ijarada to'p tepadigan jamoasi safida birorta uchrashuvda ham maydonga tushmadi. Jami u “Vulvs” safida sakkizta o'yinda ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: As