"Real" hujumchisi safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
30 okt 2021, 21:50
Madridning "Real" klubi forvardi Rodrigo Ispaniya chempionati doirasidagi "Elche"ga qarshi o'yinda (2:1) jarohat oldi.

20 yoshli braziliyalik 18-daqiqada jarohatlandi va uning o'rniga Marko Asension maydonga tushdi.

Hujumchining jarohati bilan bog'liq tafsilotlar va uning tiklanish muddati tibbiy ko'rikdan so'ng ma'lum bo'ladi.

Rodrigo joriy mavsumda La Ligada 10 o'yinda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Footmercato