"Manchester Siti" "Elche" yarim himoyachisiga da'vogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
28 noya 2025, 18:58
"Manchester Siti" "Elche" yarim himoyachisi Rodrigo Mendosani sotib olmoqchi.

Bu haqda "Daily Mail" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Siti" 20 yoshli Ispaniya U-21 terma jamoasi futbolchisining o'sishi va faoliyatini kuzatishda davom etmoqda. "Arsenal" va "Real" ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Mendosa U-20 Jahon chempionatida milliy terma jamoaning barcha 5 o'yinida maydonga tushib, 1 ta golli pas uzatdi.

Yarim himoyachi 2025/26 yilgi mavsum "Elche" safida 10 o'yinda 2 ta to'p kiritdi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.

Transfermarkt uning transfer qiymatini 9 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail