"Real" Hindistondagi o'smirlar mundialida "ov" qilmoqda

Aslanov Jasurbek
20 okt 2017, 13:14
Madridning "Real" klubi ayni damda Hindistonda o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida yosh iqtidor egalarini kuzatmoqda.

"Qirollik klubi" turnir chorak finalida Germaniya bilan o'ynaydigan Braziliya terma jamoasi hujumchisi Alanga ko'z tikkan. Ma'lumotlarga ko'ra, madridliklar Alan borasida uning klubi "Palmeyras" bilan bog'lanib, futbolchining transferi haqida kelishuvga erishishgan. "Real" yozgi transfer oynasida braziliyalikni o'z safiga qo'shib olishi mumkin.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BleacherReport