

Shirerning takidlashicha, jamoaning Evrokuboklardagi va ichki chempionatdagi o'yini o'rtasida katta farq bor. "Agar "Liverpul" Chempionlar ligasida yurishini to'xtatsa, yana beqarorlik haqidagi savollar ko'payadi. Qanday qilib ular "Galatasaroy"ga qarshi bahsda (4:0) shunday yuqori temp, energiya va intensivlik ko'rsatib, APLning ko'plab o'yinlarida buni takrorlay olishmayapti? Bu asosiy jumboq bo'lib qolmoqda", - dedi sobiq hujumchi.
"Biroq ular turnirda ishtirok etar ekan, har qanday raqib uchun katta xavf bo'lib qolaveradi. Muxlislar chorak finalga chiqqanlaridan xursand va endi ularni "PSJ"ga qarshi ajoyib to'qnashuv kutmoqda", - deya qo'shimcha qildi Shirer.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" YCHL chorak finalida Fransiya chempioni bilan kuch sinashadi.



