"Real" himoyachisi yozda "Roma"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
16 fev 2018
"Real" himoyachisi Xose Ignasio Nacho "Roma" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Rim klubi sport direktori Ramon Monchi ispaniyalikning o'yin darajasi va uning har qanday himoya poziciyasida o'ynab keta olishini qadrlaydi. Monchi Nachoni Italiyaga ko'chib o'tishga ko'ndirmoqchi. Himoyachi va "Real" o'rtasidagi bitim 2020 yilning yozida yakuniga etadi.

Nacho "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2010/11 mavsumdan beri "qaymoqranglilar"ning asosiy jamoasida to'p tepadi. Joriy mavsum 28 yoshli himoyachi LaLiganing 17ta uchrashuvida maydonga tushdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia