"Real" himoyachisi Pepe "Shalke-04"ga qarshi o'yinga tayyor bo'ladi

Aslanov Jasurbek
3 fev 2015, 15:52
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Shalke-04"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvida Pepeni maydonga tushirishi mumkin.

Pepe jarohatdan so'ng individual programma bo'yicha ishlayapti. U so'nggi mashg'ulotda trenajor zalida ishladi va keyin maydonga chiqdi.

Futbolchi qovurg'asidan jarohat olgan edi.

Eslatib o'tamiz, "Real"ning nemis jamoasiga qarshi bahsi 18 fevral kuni, raqib maydonida bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com