"Real" himoyachisi jarohat bilan o'ynamoqda: Raul Asensio jamoasi uchun sog'lig'ini xavf ostiga qo'ydi

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2026, 22:47
"Real Madrid" markaziy himoyachisi Raul Asensio bir necha haftadan beri kichik sinish (stressovyy perelom) jarohati bilan maydonga tushmoqda.

Bu haqda "COPE" nashri xabar tarqatdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining boldir suyagida muammo bor. Asensio fevral oyida tanaffus olib, to'liq tiklanishni rejalashtirgan. Hozirda esa u klubdagi jiddiy kadrlar muammosi va jarohatlar sababli tavakkal qilib maydonga tushmoqda.

Himoyachi sog'lig'i uchun xavfni tushunib turibdi, biroq jamoaga yordam berishni va yangi bosh murabbiy Alvaro Arbeloaning asosiy tarkibidan mustahkam o'rin egallashni istamoqda.

Eslatib o'tamiz, Asensio "qirollik klubi" asosiy jamoasida 2024 yildan beri o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 23 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urishga ham ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: COPE