"Real" himoyachilaridan biri "Atletiko"ga qarshi bahsda ishtirok etmaydi

Aslanov Jasurbek
14 noya 2017, 17:43
"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal Madrid derbisida ishtirok etmaydi.

18 noyabr kuni "Qirollik klubi" LaLiganing 12-turida "Atletiko" bilan o'ynaydi. Oldinroq, yuragi bilan muammo bo'lgan Karvaxal maydonga qaytishga tayyorligi e'lon qilingan edi.

Daniel Karvaxal davolanishning so'nggi bosqichida, biroq shifokor Sesar Kesadaning so'zlariga ko'ra, futbolchi asta-sekinlik bilan yuklamalarni oshirib borishi kerak.

"Real" darvozaboni Keylor Navas ham yordam bera olmaydi. Kostarikalik bir oydan beri jarohatini davolamoqda va hozircha o'ynashga tayyor emas.

"Atletiko" - "Real" o'yini "Vanda Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca