"Real" futbolchisi yana jarohatlandi

Mirjalol Normatov
7 dek 2018, 19:55
"Real" hujumchisi Mariano Dias Ispaniya kubogining 1/16 finalida "Melilya"ga qarshi javob o'yinida jarohatlandi.

Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, 25 yoshli futbolchining oyoq mushaklari lat egan. Endi forvard chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.

Eslatib o'tamiz, "qaymoqranglilar" futbolchisi jarohati sababli noyabr oyida ham bir necha haftani o'tkazib yuborgandi.

Bu mavsumda Dias "Real" tarkibida 10 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca