“Real” foydasiga La Ligada 14 yil deganda ketma-ket uchta o'yinda penalti belgilandi

11 iyul 2020, 09:50
“Real” La Liga 35-turi doirasida “Alaves”ni 2:0 hisobida engdi.

Uchrashuvda hisobni 12-daqiqada Karim Benzema ochdi. U Ferlan Mendiga ishlatilgan qo'pollik sabab belgilangan penaltini golga aylantirdi.

Qayd etish joiz, “Real” avvalgi ikki turda “Atletik” (1:0) va “Xetafe” (1:0) jamoalariga qarshi bahslarda ham penalti tepish imkoniyatiga ega bo'lgan va ularni Serxio Ramos golga aylantirgan edi.

“Real” 2006 yildan beri ilk bor La Ligada ketma-ket uchta o'yinda penalti tepish imkoniyatiga ega bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta