"Real" ertaga Alabaning tanishtiruv marosimini o'tkazadi

Alisher
20 iyul 2021, 17:16
Ertaga "Real" yangi o'yinchisi David Alabaning taqdimot marosimi o'tkaziladi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. O'yinchining transferi 28 mayda e'lon qilingandi. Taqdimotdan so'ng stadionda matbuot anjumani o'tkaziladi.

Alaba o'tgan mavsum "Bavariya" tarkibida 43ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 4ta assist qayd etdi.

Transfermarkt portali futbolchini 55 million evroga baholamoqda. Avstriyalikning "Real" bilan shartnomasi 5 yilga mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: realmadrid.com